Vikiinkubator (viki va inkubator soʻzlarining birikmasi) () — Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalarini baholash va sinab koʻrish uchun yaratilgan sayt. Vikipediya, Vikilugʻat, Vikiiqtibos, Vikimanba, Vikikitob, Vikiyangiliklar, Vikiversitet, Vikigid kabi loyihalarning turli tillardagi yangi versiyalari avval Vikiinkubatorda sinab koʻriladi. Vikiinkubatordagi loyihalar alohida viki sifatida ish boshlashi uchun maxsus qoʻmitalar tegishli qaror chiqarishi kerak boʻladi.
Havolalar
Meta-vikida Vikiinkubator uchun bagʻishlangan sahifa
* Turkum:Koʻp tilli saytlar Turkum:MediaWiki vebsaytlari Turkum:Vikimedia loyihalari