FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichi oʻyinlarining CONCACAF boʻlimidagi beshinchi round (baʼzida “Geksogonal” yoki qisqacha “Geks” (oʻzbekchasi oltilik)) uchrashuvlari 2016-yilning 7-noyabridan 2017-yilning 10-oktabriga qadar boʻlib oʻtadi.

Format Toʻrtinchi rounddagi 3ta guruhning 1 va 2-oʻrinlarini olgan terma jamoalar, ushbu roundda bitta guruhga tushib doiraviy sistemada uy va safar uchrashuvlari orqali kuch sinashishadi. Guruhda eg yuqori 3ta oʻrinni egallagan terma jamoalar jahon chempionatiga yoʻllanma oladi, guruhda 4-oʻrinni olgan jamoa esa, konfederatsiyalararo pley-off bosqichiga chiqadi. 1998-yildan beri CONCACAF har jahon chempionati saralash bosqichining eng oxirgi hal qiluvchi roundida 6ta terma jamoani qoldiradi, bu bosqich baʼzida “Geksogonal” yoki qisqacha “Geks” (oʻzbekchasi oltilik) deb ataladi.

Beshinchi round uchun qurʼa jarayoni toʻrtinchi round tugaganidan keyin boʻlib oʻtadi.

Jamoalar Toʻrtinchi rounddagi 3ta guruhning 1 va 2-oʻrinlarini olgan terma jamoalar ushbu roundda qatnashadi.

Ushbu roundda qatnashuvchi jamoalar Toʻrtinchi round A guruhining 1-oʻrini Toʻrtinchi round A guruhining 2-oʻrini Toʻrtinchi round B guruhining 1-oʻrini Toʻrtinchi round B guruhining 2-oʻrini Toʻrtinchi round C guruhining 1-oʻrini Toʻrtinchi round C guruhining 2-oʻrini

Jadval Beshinchi round jadvali quyidagicha.

TurSana1-tur7–15-noyabr 20162-tur3-tur20–28-mart 20174-tur5-tur5–13-iyun 20176-tur7-tur28-avgust – 5-sentabr 20178-tur9-tur2–10-oktabr 201710-tur

Oʻyinlar Taybreyklar Ushbu roundda guruhda terma jamoalar quyidagi kriteriyalar boʻyicha reytinglanadi: Ochkolar soni (gʻalaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko va magʻlubiyat uchun ochko yoʻq) Toʻplar nisbati Kiritilgan gollar soni Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda erishilgan ochkolar soni Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda erishilgan toʻplar nisbati Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda kiritilgan gollar soni Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda eng koʻp safarda urilgan gollar soni (agar chigal vaziyat ushbu ikki terma jamoa oʻrtasida boʻlsa) Neytral maydonda (FIFA Tashkiliy Qoʻmitasi maydonni tanlaydi) pley-off oʻyin(lar)i oʻtkaziladi, asosiy vaqtda ham durang boʻlsa qoʻshimcha vaqt beriladi unda ham durang qayd etilsa penaltilar seriyasini amalga oshiradi.

Toʻpurarlar

Manbalar

Havolalar , FIFA.com , CONCACAF.com

5 Turkum:2016/2017-yil CONCACAF futbolida