FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichining Osiyo boʻlimida Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga (AFC) aʼzo boʻlgan terma jamoalar, 2018-yili Rossiya mamlakatida boʻlib oʻtadigan jahon chempionati uchun saralab olinadi.

2014-yilning 16-aprelida, AFC Ijroiya Qoʻmitasi jahon chempionati hamda 2019-yili 24ta terma jamoa final bosqichida ishtirok etadigan Osiyo kubogi uchun boʻladigan boshlangʻich saralash bosqichini birga oʻtkazish taklifini maqullagan. Shuning uchun, ushbu jahon chempionatining birinchi ikkita roundi Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadigan AFC Osiyo kubogi 2015 musobaqasi uchun kechadigan saralash bosqichi uchun ham inobatga olinadi.

Format Saralash bosqichi strukturasi quyidagicha: Birinchi round: Jaʼmi 12ta terma jamoa (35–pogʻonadan 46-pogʻonagcha boʻlgan oʻrinlarni egallagan jamoalar) uy va safar uchrashuvlari orqali bellashadi. 6ta gʻolib boʻlgan jamoalar ikkinchi roundga yoʻllanma oladi. Ikkinchi round: Jaʼmi 40ta terma jamoa (1–pogʻonadan 34-pogʻonagcha boʻlgan oʻrinlarni egallagan jamoalar va 6ta jamoa birinchi rounddan qoʻshilgan) ishtirok etadi va ular 5tadan 8ta guruhga boʻlinadi har bir jamoa guruhidagi har bir raqibi bilan uy va safar uchrashuvlarini oʻtkazishi orqali kuch sinashishadi. 8ta guruhning 8ta 1-oʻrinini olgan jamoalar va eng yaxshi natijali 4ta 2–oʻrinni olgan terma jamoalar ushbu saralash bosqicining uchinchi roundiga hamda 2019-yilgi Osiyo kubogining final bosqichiga yoʻllanma oladi. Uchinchi round: 12ta terma jamoa (2014-yilgi jahon chempionati saralash bosqichining uchinchi roundida 10ta jamoa boʻlgan edi) qaysiki, ikkinci rounddan yoʻllanma olganlar 6tadan 2ta guruhga boʻlinadi va har bir terma jamoa guruhidai har bir raqibi bilan uy va safar uchrashuvlarini oʻtkazishi orqali bellashadi. Lekin, Osiyo qitʼasi uchun ajratilgan 4.5ta oʻrin oʻzgarishsiz qoladi, har bir guruhning 1 va 2-oʻrinini olgan jamoalari (jaʼmi 4ta) 2018-yilgi jahon chempionatiga yoʻllama olishadi va ikki guruhning 3-oʻrinini olgan tema jamoalar toʻrtinchi roundga chiqishadi. Toʻrtinchi round: Uchinchi roundning har ikkita guruhining 3-oʻrinini olgan ikkita jamoasi toʻrtinchi roundda uy va safar uchrashuvini oʻtkazishi orqali gʻolibni aniqlashadi. Gʻolib jamoa konfederatsiyalararo pley-off bosqichiga chiqishadi.

FIFA Jahon chempionati saralash bosqichining ikkinchi roundidan oʻtolmagan 24ta jamoa 2019-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichining uchinchi roundidan qatnashadi va AFC Osiyo kubogi 2019 musobaqasining qolgan oʻrinlarini toʻldirish uchun 4tadan 6ta guruhlarga boʻlinadi va kuch sinashishadi.

Ishtirokchilar Osiyo Futbol Konfederatsiyasining barcha 46ta FIFAga aʼzo boʻlgan jamoalar saralash bosqichiga kiritildi. Barcha terma jamoalar FIFA Dunyo reytingining yanvar oyidagi holati boʻyicha taqsimlandi (qavs ichida terma jamoalar ochkolari koʻrsatilgan). FIFA reytingining 2015-yilning yanvar oyidagi holati birinchi roundning qurʼa tashlash jarayoni, ikkinchi va uchunchi roundning terma jamoalarni taqsimlash jarayonida qoʻllandi.

FIFA Dunyo reytingining 2015-yilning yanvar oyidagi holatidan

Ikkinchi round jamoalari Birinchi round jamoalari 1. (51) 2. (54) 3. (69) 4. (71) 5. (80) 6. (92) 7. (93) 8. (93) 9. (96) 10. (100) 11. (102) 12. (110) 13. (114) 14. (115) 15. (122) 16. (125) 17. (129)18. (131) 19. (133) 20. (136) 21. (141) 22. (142) 23. (144) 24. (147) 25. (150) 26. (151) 27. (152) 28. (154) 29. (156) 30. (157) 31. (159) 32. (160) 33. (161) 34. (165)35. (171) 36. (172) 37. (176) 38. (179) 39. (182) 40. (185) 41. (186) 42. (186) 43. (188) 44. (194) 45. (198) 46. (209)

Jadval Musobaqa jadvali quyidagicha: RoundTurSanaBirinchi round1-uchrashuv12-mart 20152-uchrashuv17-mart 2015Ikkinchi round1-tur11-iyun 20152-tur16-iyun 20153-tur3-sentabr 20154-tur8-sentabr 20155-tur8-oktabr 20156-tur13-oktabr 20157-tur12-noyabr 20158-tur17-noyabr 20159-tur24-mart 201610-tur29-mart 2016RoundTurSanaUchinchi round1-tur1-sentabr 20162-tur6-sentabr 20163-tur6-sentabr 20164-tur11-sentabr 20165-tur15-noyabr 20166-tur23-mart 20177-tur28-mart 20178-tur13-iyun 20179-tur31-avgust 201710-tur5-sentabr 2017Toʻrtinchi round(zarurat tugʻilsa)1-uchrashuv5-oktabr 20172-uchrashuv10-oktabr 2017

Agar AFC jamoasi konfederatsiyalararo pley-off bosqichiga kirsa, ular 2017-yilning 6, 14-noyabr kunlari oʻynashadi.

Birinchi round

Saralash bosqichining birinchi roundi uchun boʻlgan qurʼa tashlash marosimi 2015-yilning 10-fevralida, Malayziyaning Kuala Lumpur shahridagi AFC bosh shtab-kvartirasida, mahalliy vaqt bilan 15:30da (UTC+8) boʻlib oʻtdi.

Ikkinchi round

Saralash bosqichining ikkinchi roundi uchun boʻlgan qurʼa tashlash marosimi 2015-yilning 14-aprelida, Malayziyaning Kuala Lumpur shahridagi JW Marriott Hotel mehmonxonasida, mahalliy vaqt bilan 17:00da (UTC+8) boʻlib oʻtdi.

Guruhlar Taybreyklar Ushbu roundda guruh bahslarida terma jamoalar quyidagi kriteriyalar boʻyicha reytinglanadi: Ochkolar soni (gʻalaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko va magʻlubiyat uchun ochko yoʻq) Toʻplar nisbati Kiritilgan gollar soni Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda erishilgan ochkolar soni Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda erishilgan toʻplar nisbati Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda kiritilgan gollar soni Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda eng koʻp safarda urilgan gollar soni (agar chigal vaziyat ushbu ikki terma jamoa oʻrtasida boʻlsa) Neytral maydonda (FIFA Tashkiliy Qoʻmitasi maydonni tanlaydi) pley-off oʻyin(lar)i oʻtkaziladi, asosiy vaqtda ham durang boʻlsa qoʻshimcha vaqt beriladi unda ham durang qayd etilsa penaltilar seriyasini amalga oshiradi.

A guruhi

B guruhi

C guruhi

D guruhi

E guruhi

F guruhi

G guruhi

H guruhi

Guruhlarda 2-oʻrinni olgan jamoalar reytingi

Guruhlarda 4-oʻrinni olgan jamoalar reytingi

Uchinchi round

Toʻrtinchi round

Toʻpurarlar Ism sharifi qalin harflar bilan yozlgan futbolchilar musobaqada hamon faol. 4 goals

Sunil Chhetri

3 goals

Yang Xu Hassan Abdel-Fattah

2 goals

Chencho Gyeltshen Chan Vathanaka Yu Dabao Lam Ka Wai Jaimes McKee Anton Zemlianukhin Khampheng Sayavutthi Sameh Maraaba Tamer Seyam Misagh Bahadoran Mohammad Al-Sahlawi Safuwan Baharudin Raja Rafe Teerasil Dangda Chiquito do Carmo

1 goal

Mustafa Zazai Mile Jedinak Tommy Oar Abdulwahab Al-Malood Jahid Hasan Ameli Tshering Dorji Adi Said Khoun Laboravy Thierry Chantha Bin Wu Lei Chu En-le Wang Rui Brandon McDonald Travis Nicklaw Christian Annan Lo Kwan Yee Ju Yingzhi Godfred Karikari Xu Deshuai Sardar Azmoun Yousef Nasser Azamat Baymatov Edgar Bernhardt Mohammed Ghaddar Feiz Shamsin Leong Ka Hang Safee Sali Batmönkhiin Erkhembayar Kyaw Zayar Win Zaw Min Tun Jang Kuk-chol Pak Kwang-ryong Ri Hyok-chol Ro Hak-su So Hyon-uk Amad Al-Hosni Qasim Said Hassan Bashir Mus'ab Al-Batat Matías Jadue Pablo Tamburrini Khader Yousef Javier Patiño Iain Ramsay Ahmed Abdul Maqsoud Yahya Al-Shehri Khairul Amri Fazrul Nawaz Lee Jae-sung Son Heung-min Mohamed Zarwan Moayad Ajan Abdelrazaq Al Hussain Omar Khribin Sanharib Malki Manuchekhr Dzhalilov Fatkhullo Fatkhuloev Pokklaw Anan Patrick Fabiano Jairo Neto Ramon Saro Rodrigo Silva Ruslan Mingazow Omar Abdulrahman Sardor Rashidov Igor Sergeev Abdulwasea Al-Matari Ala Al-Sasi Mohammed Ahmed Ali Boqshan

1 avtogol

Valerii Kichin () Serdar Annaorazow ()

Shuningdek, koʻring AFC Osiyo kubogi 2019 saralash bosqichi

Manbalar

Havolalar , FIFA.com , the-AFC.com

Afc Turkum:FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi (AFC) Turkum:2015-yili Osiyo futbolida Turkum:2016-yili Osiyo futbolida Turkum:2017-yili Osiyo futbolida