Afshin Jafariy (, fors. افشین; tugʻilgan 6-may, 1978-yil; Babol, Eron) — kelib chiqishi erondan boʻlgan Olmoniyalik qoʻshiqchisi. Fors tilida kuylaydigan eng mashhur pop-yulduzlardan biri. Muxlislarga «Afshin» taxallusi bilan yaxshi tanish.

Biografiyasi Afshin Jafariy 1978-yilning 6-may kuni Eronning Kaspiy dengizi sohilida joylashgan Babol shahrida tugʻilgan. Bolaligidan musiqa va qoʻshiq kuylashga qiziqgan. Oʻn yoshida gitarada oʻynashni oʻtganib oʻzi sherlar yozgan. 1995-yilda, Afshin 17 yoshida oilasi bilan Olmoniyaga koʻchib ketgan va Mangeym shahrida yashay boshlagan.

Yoshligida mahalliy eronlik muxojirlar orasida qoʻshiqlar kuylagan. Bir necha yildan soʻng, Afshin 21 yoshga toʻlganida, u «ParsVideo» studiyasi bilan shartnoma imzolaydi. Asosan pop, xip-xop va rep janrlarida kuylaydiRadioJavan: Afshin (песни и клипы).

Kichik vaqt ichida Afshin fors tilida kuylaydigan eng mashhur qoʻshiqchilardan biriga aylanadi va dunyoning koʻplab davlatlarida konsert berib keladi. Jumladan: Olmoniya, Avstriya, Fransiya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya, Daniya, Belgiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Turkiya, Tojikiston shular jumlasidandir.

Albomlari Yil Original nomi Oʻzbekcha tarjimasi 1999 Booye Baroon Yomgʻir hidi 2002 Setareh Yulduz 2003 Aso Pas Aso Pas 2005 Maach Oy 2008 The Song For X X (iks) qoʻshiq 2013 Ghaire Ghanooni Gʻayriqonuniy

Manbalar Afshin rasmiy sayti Afshin muxlislarining «Facebook»dagi fan-guruhi Afshin melodica.ae Turkum:Eron qoʻshiqchilari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar