UEFA Chempionlar ligasi 2014/2015 pley-off bosqichi 2015-yilning 17-fevralidan, oʻsha yilning 6-iyunida Germaniyaning Berlin shahridagi Berlin Olimpiya stadionida boʻlib oʻtadigan final uchrashuvi bilan yakun topadi. Pley-off bosqichida jami 16ta jamoa ishtirok etadi.

2015-yilning 28-martidan uchrashuvlar (nimchorak finali) (MYV) (UTC+1) vaqti boʻyicha, undan keyingi uchrashuvlar (chorak finaldan keyingi) (MYYV) (UTC+2) vaqti boʻyicha boʻlib oʻtdi.

Round va qurʼa sanalari Barcha qurʼalar Shveysariyaning Nyon shahridagi UEFA shtab-kvartirasida boʻlib oʻtdi.

RoundQurʼa sanasi va vaqti1-uchrashuv2-uchrashuvNimchorak final15-dekabr 2014, 12:0017–18 & 24–25-fevral 201510–11 & 17–18-mart 2015Chorak final20-mart 2015, 12:0014-15-aprel 201521-22-aprel 2015Yarim final24-aprel 2015, 12:005-6-may 201512-13-may 2015Final6-iyun 2015, Berlin, Berlin Olimpiya stadionida

Format Pley-off bosqichida, guruh bahslaridagi 8ta guruhning 1 va 2-oʻrinini egallagan jami 16ta jamoa ishtirok etadi.

Pley-off bosqichida, jamoalar ikkita uchrashuv oʻtkazadilar (uy va safar uchrashuvlari), faqat final bundan mustasno. Qaysi jamoa umumiy tarzda (har ikki uchrashuv hisobiga) koʻproq gol ursa, oʻsha jamoa keyingi bosqichga yoʻllanma oladi. Agar har ikki jamoaning umumiy gollar soni teng kelsa, unda safarda urilgan gol qiymatidan foydalinaladi, masalan: qaysi jamoa safarda koʻproq gol urgan boʻlsa. Agar unda ham safarda urilgan gollar soni teng chiqsa, 30 daqiqalik qoʻshimcha vaqt beriladi. Qoʻshimcha vaqtda ham safar goli qoidasi ishlaydi, masalan: qoʻshimcha vaqtda 0-0 dan tashqari boshqa hisobda durang bilan tugasi, mezbon jamoa gʻolib sanaladi. Agar qoʻshimcha vaqtda hisob ochilmay 0-0 tarzida yakun topsa, jamoalar penaltilar seriyasi orqali gʻolib aniqlanadi. Final uchrashuvida, hech qanday safar goli qoidasi oʻynamaydi, asosiy vaqt beriladi durang boʻlsa, qoʻshimcha 30 daqiqa vaqt, unda ham durang boʻlsa penaltilar seriyasi orqali gʻolib aniqlanadi.

Har bir round uchun qurʼa tashlash mexanizmi quyidagicha:

Nimchorak uchun qurʼa tashlashda, 8ta guruhning 1-oʻrinlari tanlanib olindi va 8ta guruhning 2-oʻrinlari tanlanmadi. 1-oʻrinli tanlangan jamoalar 2-oʻrinli tanlanmagan jamoalarga qarshi qurʼa jarayonida taqsimlandi va guruhning 1-oʻrini nimchorak finalning 2-uchrashuvida mezbonlik qiladigan boʻldi. Bir xil guruhdan va bir xil assotsiatsiyadan boʻlgan jamoalar nimchorak finalda bir biriga qarshi oʻynamaydi. Chorak finalda qurʼa sistemasida tanlangan jamoalar boʻlmaydi, bir xil assotsiatsiya va bir xil guruhdan boʻlgan klublar chorak finalda bir biriga qarshi oʻynashi mumkin.

Saralangan jamoalar Guruh1-oʻrinlilar(Nimchorak finalda tanlanganlar)2-oʻrinlilar(Nimchorak finalda tanlanmaganlar)A Atlético Madrid JuventusB Real Madrid BaselC Monaco Bayer LeverkusenD Borussia Dortmund ArsenalE Bayern Munich Manchester CityF Barcelona Paris Saint-GermainG Chelsea Schalke 04H Porto Shakhtar Donetsk

Sxema

Nimchorak final Qur'a tashlash marosimi 2014-yil 15-dekabr kuni bo′lib o′tdi. Nimchorak final 1-uchrashuvlari 2015-yilning 17, 18, 24 va 25-fevral kunlari boʻlib oʻtadi va 2-uchrashuv oʻsha yilning 10, 11, 17 va 18-mart kunlari boʻlib oʻtadi.

1-uchrashuv

Ilovalar

2-uchrashuv

Real Madrid umumiy 5–4 hisobida gʻolib boʻldi.

Porto umumiy 5–1 hisobida gʻalaba qozondi.

Umumiy hisob 3–3 boʻldi. Paris Saint-Germain safarda koʻproq gol urganligi sababli keyingi bosqichga chiqdi.

Bayern Munich umumiy 7–0 hisobida gʻolib boʻldi.

Umumiy hisob 1–1 boʻldi. Penaltilar seriyasida Atlético Madrid 3–2 gʻalaba qozondi.

Umumiy hisob 3–3 boʻldi. Monaco safarda urgan gollari soni koʻpligi sababli keyingi bosqichga yoʻllanma oldi.

Barcelona umumiy 3–1 hisobida gʻalaba qozondi.

Juventus umumiy 5–1 hisobida gʻalaba qozondi.

Chorak final Qurʼa tashlash marosimi 2015-yilning 20-martidqa boʻlib oʻtdi. Birinchi uchrashuvlar 2015-yilning 14 va 15-aprel kunlari, ikkinchi javob uchrashuvlari esa oʻsha yilning 21 va 22-aprel kunlari boʻlib oʻtadi.

1-uchrashuv

2-uchrashuv

Barcelona umumiy 5–1 hisobida gʻalaba qozondi.

Bayern Munich umumiy 7–4 hisobida gʻalaba qozondi.

Real Madrid umumiy 1–0 hisobida gʻalaba qozondi.

Juventus umumiy 1–0 hisobida gʻalaba qozondi.

Yarim final Yarim final va final oʻyinlariga 2015-yilning 24-aprelida qurʼa tashlandi. Yarim finalning 1-uchrashuvi 2015-yilning 5 va 6-may kunlari, hamda, 2-javob ucrashuvlari oʻsha yilning 12 va 13-may kunlari boʻlib oʻtadi.

1-uchrashuv

2-uchrashuv

Barcelona umumiy 5–3 hisobida gʻalaba qozondi.

Juventus umumiy 3–2 hisobida gʻalaba qozondi.

Final

Final uchrashuvi 2015-yilning 6-iyunida Olmoniya shahri Berlindagi Olimpiya stadionida boʻlib oʻtadi. "Mezbon" jamoa (rasmiyatchilik uchun) yarim finaldan keyin qurʼa orqali belgilab olindi.

Manbalar

Havolalar UEFA Champions League (rasmiy sayt)

*3