Miuccia Prada Bianchi (, 1949-yil 10-may, Milan, Italiya) – taniqli italyan modelyeri, Prada moda imperiyasining asoschisi Mario Pradaning nabirasi, milliarder. Prada bosh dizayneri va uning shoʻba korxonasi – Miu Miu asoschisi. 2021-yil oktabr holatiga koʻra, Forbes uning boyligini 4,8 milliard dollarga baholagan. 2021-yil iyun oyida Bloomberg uning boyligini 6,62 milliard dollar deb baholadiBloomberg.com.

Mario Pradaning eng kenja nevarasi Miuccia Prada 1978-yilda oilaviy hashamatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi shirkat egasi boʻldi. Oʻshandan beri kompaniya Jil Sander, Helmut Lang va poyabzal ishlab chiqaruvchi Church & Co shirkatini sotib olgan. 2002-yilda Prada oʻzining zamonaviy sanʼat muzeyini ochdi.

2014-yil mart oyida Prada Forbes jurnalining Dunyoning eng qudratli ayollari roʻyxatida 75-oʻringa qoʻyildi. Oʻshanda uning boyligi 11,1 milliard dollarga teng edi.

Biografiyasi 1949-yil 10-mayda Milanda tugʻilgan, 1980-yillarda xolasi tomonidan asrab olinganidan keyin Miuccia Prada ismini olgan. Uning biologik ota-onasi Luigi Bianchi va Luisa Prada edi. Uning ikkita katta akasi bor – Albert va Marina.

Milandagi Liceo Classico Berchet oʻrta maktabida oʻqigan va Milan universitetida siyosatshunoslik fanlari nomzodi darajasini olgan.

Prada Teatro Piccoloda mim artisti boʻlgan. Italiya Kommunistik partiyasining aʼzosi boʻlgan va 70-yillarda Milanda ayollar huquqlarini himoya qilish harakatida ishtirok etgan.

70-yillarning oʻrtalariga kelib, Prada oʻzining bobosi tomonidan 1913-yilda asos solingan hashamatli charm sumkalar ishlab chiqarish boʻyicha oʻz oilaviy biznesiga kirdi. U dastlab aksessuarlar dizaynini nazorat qildi. 1978-yilda u boʻlajak turmush oʻrtogʻi va biznes sherigi Patrizio Bertelli bilan uchrashdiSusannah Frankel (February 21, 2004), Miuccia Prada: The feeling is Miuccia The Independent.

Pradaning birinchi muvaffaqiyatli sumka dizayni 1985-yilda boʻlgan. Bu qora, nozik toʻqilgan neylon sumkalar liniyasi edi. 1989-yilga kelib, u oʻzining birinchi ayollar kiyimlari toʻplamini ishlab chiqdi va taqdim etdiLauren Indvik (December 4, 2020), Miuccia Prada on breaking the luxury machine Financial Times.. 1995-yilda u oʻzining birinchi erkaklar kiyimlarini ishlab chiqardi. Miu Miu liniyasi 1992-yilda uning shaxsiy garderobidan ilhomlangan arzonroq ayollar kiyimi sifatida taqdim etilgan.

1994-yilda Prada oʻz kolleksiyalarini Nyu-York va London moda haftaliklarida namoyish etdi. Pradaning eri Bertelli mahsulotlarning tijorat tomoni va Prada chakana savdo strategiyasi uchun javobgar edi. Dizayn uyi Helmut Lang, Jil Sander va Azzedine Alaïa kabi nomlarni oʻz ichiga olgan konglomeratga aylandi. Kompaniya charm buyumlar, poyabzal, atirlar va erkaklar va ayollar uchun kiyim-kechak ishlab chiqarishni kengaytirdi.

2014-yildan boshlab Prada eri bilan birga Prada kompaniyasining bosh direktori hisoblanadi.

2020-yilda Prada brendning yakuniy kolleksiyasini taqdim etdi: COVID-19 pandemiyasi tufayli Martine Syms va Juergen Teller rejissyorlik qilgan qisqa metrajli filmlar ketma-ketligida namoyish etildiLauren Indvik (December 4, 2020), Miuccia Prada on breaking the luxury machine Financial Times..

2010-yilda Prada Nyu-York Metropolitan Opera teatrida Verdining „Attila“ operasi uchun liboslar yaratdi.

2014-yil boshida Prada va Patricio Bertelli Milan prokuraturasi tomonidan soliq toʻlashdan qochish boʻyicha tergovga tortilganManuela D’Alessandro and Isla Binnie (January 10, 2014), Prada owners under investigation for tax avoidance: sources Reuters.. 2016-yilda ikkalasi ham soliq nizolarini hal qilish uchun 400 million yevrodan (429 million dollar) koʻproq soliq toʻlashdiEmilio Parodi (December 5, 2016), Prosecutors seek to close Prada CEO tax case: sources Reuters.. Miuccia Prada Quadronno tumanida yashaydi, Milan shahrining eng nufuzli turar-joy hududlaridan biri bo‘lib, kvadrat metr narxi bo‘yicha eng qimmat hududlar qatoriga kiradi.

Shaxsiy hayoti Prada tadbirkor Patrizio Bertelli bilan turmush qurgan. Ularning ikki oʻgʻli 1988 va 1990-yillarda tugʻilgan, kattasi ralli haydovchisi Lorenzo Bertelli edi. Ular Miuccia tugʻilgan uyda yashaydiSusannah Frankel (February 21, 2004), Miuccia Prada: The feeling is Miuccia The Independent.

Prada zamonaviy sanʼat kolleksiyachisi va yosh britaniyalik rassomlarning bir nechta sanʼat asarlariga egalik qiladi. U rassomlar Cindy Sherman va Francesco Vezzoli bilan doʻstdir.

Mukofotlari „Council of Fashion Designers of America“, 1993 Premio Leonardo Qualità Italia, 1998 Wallpaper Design Award, 2007

Manbalar

Havolalar Prada official website Miuccia Prada – Biography Miu Miu Women in Fashion biography from Time (magazine) Miu Miu Resort 2015  – Global Blue

Turkum:Italiya milliarderlari Turkum:Ayol milliarderlar Turkum:Yashayotgan insonlar