Roʻziyev Zafar Sharopovich (, 1964-yil 19-dekabr, Qashqadaryo viloyati) – Qashqadaryo viloyati hokimi (2013-2019)Oliy Majlis Senatining aʼzosi, Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi vaziri (2010-2013). Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi (2019-2024). Hozir Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi.
Biografiyasi 1964-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti: oliy, 1989-yilda Toshkent irrigasiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalash muhandislari institutini, 1998-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Mutaxassisligi: muhandis-mexanik. 1981—1982-yillar – Kitob tumanidagi „Sharq yulduzi“ xoʻjaligi mexanizatori 1982—1989-yillar – Toshkent irrigasiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti talabasi (1983—1985-yillar – harbiy xizmatda) 1989—1991-yillar – Kitob tumanidagi „Sharq yulduzi“ xoʻjaligi usta chilangari 1991—1995-yillar – Kitob tumanidagi Umarov nomli shirkat xoʻjaligi bosh muhandisi, mexanizasiya shirkati raisi 1995—1996-yillar – Kitob tumani Mashina-traktor parki boʻlim boshligʻi 1996—1998-yillar – Kitob tumanidagi Umarov nomli shirkat xoʻjaligi boshqaruvi raisi 1998—2001-yillar – Kitob tumani hokimining birinchi oʻrinbosari – tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi 2001—2002-yillar – Qashqadaryo viloyati hokimligining agrosanoat kompleksi kotibiyati mudiri 2002—2003-yillar – Qashqadaryo viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari 2003—2008-yillar – Yakkabogʻ tumani hokimi 2008—2009-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining agrotexnologiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari 2009-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari – Tashkiliy-nazorat xizmatining Nazorat inspeksiyasi rahbari 2009—2010-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri vazifasini bajaruvchi 2010—2013-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri 2013—2019-yillar – Qashqadaryo viloyati hokimi 2015—2019-yillar – Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi 2019—2024-yillar - Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi. 2024-yil 28-dekabrdan Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari