Abu-Dabi Plaza () — Qozogʻiston poytaxti Ostonada qurilayotgan koʻpqavatli kompleks.
2009-yilning 11-iyun kuni Qozogʻiston va Birlashgan Arab Amirliklari «Abu-Dabi Plaza» kompleksini qurishga kelishib olishdi va kerakli xujjatlar imzolandi. Oʻsha yili 28-avgust kuni Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev kompleks qurilishining kapsulasini tantanali ravishda joyladi. Bino qurilishi 2010-yilning noyabr oyida boshlandi, 2016-yilning oxirida qurilish yakuniga yetishi rejalashtirilgan. Binoning taxminiy balandligi 320 merni tashkil etadi, ushbu raqam binoning 75 qavatdan iborat boʻlishini anglatadi. Toshkent telemenirosi dan soʻng 2 - oʻrinni egallaydi
«Abu-Dabi Plaza» kompleksining umumiy maydoni 510 ming kv.kilometrni tashkil etadi. Loyiha qiymati $ 1,6 milliard AQSh Dollariga tengdir.
Qurilish jarayoni 2009-yil, 11-iyun - Qozogʻiston va Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylari «Abu-Dabi Plaza» kompleksini qurishga kelishib olishdi va tegishli xujjatlarni imzolashdi. 2009-yil, 28-avgust - Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev kompleks qurilishining kapsulasini tantanali ravishda joyladi. 2010-yil, Noyabr - qurilish joyidagi yerga ishlov berish boshlandi (davomiyligi qariyb bir oy). 2011-yil, Iyun - yerga ishlov berish ishlari davom ettirildi. 2011-yil, Noyabr - svayalar quyilishi boshlandi.
Galereya
Yana qarang
Nest One Tashkent City
Havolalar Abu-Dabi Plaza internet forumda SkyscraperCity konsept foto konsept foto
Turkum:Ostonadagi bino va inshootlar Turkum:Osmonoʻpar ofis binolari