Oʻzbekiston Superkubogi – futbol boʻyicha Oʻzbekiston turnirlaridan biri. Ushbu turnir bitta oʻyindan iborat boʻlib, unda oʻtgan yilgi mavsumdagi Oʻzbekiston Kubogi sohibi va Superliga gʻolibi toʻqnashadi.
Agarda Kubok va Superligani bitta jamoa yutgan boʻlsa, unda Superligada 2-oʻrinni egallagan klub, Superliga gʻolibiga qarshi oʻynaydi.
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi.
Tarixi 1999-yilda ilk bor tashkil etilgan. Kubokning ilk bahslari 1999-yilda Fargʻona stadionida 6000 muxlis qarshisida Navbahor (1998-yilgi Kubok gʻolibi) va Toshkentning Paxtakor (1998-yilgi Oliy liga gʻolibi) jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan.
2000-yildan 2014-yilgacha turli sabablarga koʻra oʻtkazilmagan. 2012-yil yanvar oyida OʻzPFL Oʻzbekiston Superkubogini qayta boshlanayotganini eʼlon qildi. Oʻyin 2012-yil 11-mart kuni Paxtakor va Bunyodkor klublari oʻrtasida oʻtkazilishi aytildi. 2012-yil 7-mart kuni OʻzPFL Superkubok oʻyini Jar stadionining yomon sharoiti tufayli bekor qilingani va keyinroq oʻtkazilishi koʻrsatilgan, biroq oʻyin oʻtkazilmagani haqida xabar bergan.
2014-yilning 7-mart kuni Toshkentning Bunyodkor va Lokomotiv klublari ishtirokidagi Superkubok oʻyini oʻtkazildi. 2014-yildan 2016-yilgacha oʻtkazilgan. 2017-yil va 2018-yilgi mavsumlarda esa turli sabablarga koʻra oʻtkazilmagan. 2019-yilgi mavsumda Superkubok yana qayta tiklandi. 2020-yil mavsumda musobaqa COVID-19 pandemiyasi tufayli oʻtkazilmagan. 2021-yildan hozirgacha oʻtkazib kelinmoqda.
Musobaqada eng koʻp gʻolib boʻlgan klub – Qarshining Nasaf klubi hisoblanadi.
Paxtakor markaziy stadionida boʻlgan 2019-yilgi oʻyinda 18171 muxlis tashrif buyurgan boʻlib, bu Superkubokda muxlislar tashirifi boʻyicha rekord hisoblanadi. Oʻyinlar Yil Gʻolib Oʻyindagi hisob Magʻlubiyat Stadion Tomoshabinlar soni1992—1998Shu yillar oraligʻida turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan 1999 Navbahor 1998-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi 4—2 Paxtakor 1998-yilgi Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni Fargʻona stadioni 6,0002000—2013Shu yillar oraligʻida turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan 2014 Bunyodkor 2013-yilgi Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni2013-yilgi Oʻzbekiston Kubogi sohibi 2—1 Lokomotiv 2013-yilgi Oʻzbekiston Oliy ligasida ikkinchi oʻrin Jar stadioni, Toshkent 4,750 2015 Lokomotiv 2018-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi 4—0 Paxtakor 2014-yilgi Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni Bunyodkor stadioni, Toshkent 7,2162016Nasaf1—0PaxtakorBunyodkor stadioni, Toshkent4,7482017—2018Shu yillar oraligʻida turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan2019Lokomotiv2—1Olmaliq 2018-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibiPaxtakor stadioni, Toshkent18,1712020COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilingan2021Paxtakor1—0NasafDinamo stadioni, Samarqand5,1652022Paxtakor1—0NasafOʻzbekiston stadioni, Yaypan7,2152023Nasaf2—1PaxtakorSoʻgʻdiyona stadioni, Jizzax 6,5012024Nasaf1—1 (pen. 4—3)PaxtakorBunyodkor stadioni, Toshkent14,1402025Nasaf1—0 (batafsil)AndijonBunyodkor stadioni, Toshkent13,2052026Neftchi1—0 (batafsil)PaxtakorBobur stadioni, Andijon16,821
Superkubokning barcha sovrindor jamoalari JamoaGʻolibFinalchiYutgan yillariIkkinchi oʻrin olgan yillariNasaf422016, 2023, 2024, 20252021, 2022Lokomotiv212015, 20192014Paxtakor262021, 20221999, 2015, 2016, 2023, 2024,2026Navbahor1—1999—Bunyodkor1—2014—Neftchi1—2026—Olmaliq—1 —2019Andijon—1—2025
Barcha davrlardagi toʻpurarlar FutbolchiJamoalarGollarOʻyinlar Dragan ĆeranPaxtakor34 Leonid KoshelevNavbahor21 Andrey AkopyansPaxtakor21 Temurxoʻja AbduxoliqovLokomotiv22 Shuhrat RahmonqulovNavbahor11 Saydullo TursunovNavbahor11 Oleksandr PishchurBunyodkor11 Vohid ShodiyevBunyodkor11 Vyacheslav ShevchenkoLokomotiv11 Lutfulla ToʻrayevLokomotiv11 Ruslan KoryanLokomotiv11 Marat BikmayevLokomotiv11 Artur GevorkyanNasaf11 Jovan ĐokićLokomotiv12 Zafar PolvonovOlmaliq11 RatinhoNeftchi11
Manbalar
Havolalar
Oʻzbekiston Superkubogi LinkedIn sahifasi Oʻzbekiston Superkubogi WhatsApp sahifasi
Turkum:Oʻzbekistonda futbol musobaqalari Turkum:Oʻzbekiston Superkubogi