Rashid stadioni (arabcha: استاد راشد) – Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridagi koʻp maqsadli sport inshooti. Hozirgi kunda u asosan futbol va regbi musobaqalari oʻtkazish uchun foydalaniladi. Stadion 8015 tomoshabinni sigʻdira oladi. 2019-yilgi OFK Osiyo Kubogi musobaqasi uchun stadionga vaqtinchalik tribunalar oʻrnatilishi natijasida uning sigʻimi 12 056 oʻringa yetkazilgan. Mazkur inshoot 1948-yilda barpo etilgan.

Stadion 2003-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati, 2013-yilgi FIFA U-17 jahon chempionati hamda 2019-yilgi OFK Osiyo kubogi musobaqalarining bir qator oʻyinlariga mezbonlik qilgan.

Manbalar

Havolalar Soccerway.com

Turkum:Birlashgan Arab Amirliklari stadionlari