Apateizm (apatiya va teizm/ateizm soʻzlaridan) yoki pragmatik ateizm deb xudoning mavjudligi yoki emasligiga qiziqmaslikka aytiladi. Apateist ilohiyot mavzusini yo maʼnosiz, yoki hayotda kerak emas, deb hisoblaydi.

Apateizmga yaqin oʻlaroq apatik agnostitsizmni ham keltirishadi; apatik agnostik xudo(lar) borligi yoki yoʻqligi haqidagi bahslar hech qachon natija bermasligini, xudo(lar) bor boʻlgan taqdirda ham, odamzod bilan ishi yoʻqligini taʼkidlaydi. Xudo(lar)ning odamlar hayotida taʼsiri yoʻq ekan, bu mavzuga qiziqish ham foydasiz, deb hisoblaydi.

Apateistlar xudo borligi yoki yoʻqligi isbotlangan taqdirda ham turmush tarzlarini oʻzgartirmasliklarini taʼkidlashadi.

XVIII asr fransuz faylasufi Denis Diderot uni ateist, deb atashganida, xudo mavjudligi yoki emasligiga qiziqmasligini bildirgan. Voltaire'ga javobida shunday yozadi:

Amerikalik yozuvchi Jonathan Rauch apateizmni "oʻz dini haqida qaygʻurishga istaksizlik, boshqalarning dini haqida qaygʻurishga undan ham katta istaksizlik" deb taʼriflagan.Rauch, Jonathan, Let It Be: Three Cheers for Apatheism , The Atlantic Monthly, May 2003

Manbalar