Kerbuloq tumani () — Almati viloyatining markaziy qismida joylashgan. Yer maydoni 11,5 ming km2. 1973-yil tashkil topgan. Aholisi 49,8 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 4,3 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Sarioʻzak qishogʻi. 1997-yilgacha Taldiqoʻrgʻan viloyatining tarkibida boʻlib kelgan. Avvalgi Gvardiya va Kerbuloq tumanlari asosida 1997-yil qaytadan tashkil topib, hozirgi nomi bilan nomlanadi.

Aholisi Tuman aholisi 49,8 ming kishi oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 4,3 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, milliy tarkibini quyidan koʻrishingizga boʻladi (2010): qozoqlar — 44 015 kishi (84,82 %) ruslar — 5 895 kishi (11,36 %) chechenlar — 931 kishi (1,79 %) tatarlar — 277 kishi (0,53 %) ukrainlar — 166 kishi (0,32 %) uygʻurlar — 162 kishi (0,31 %) olmonlar — 103 kishi (0,20 %) boshqalari — 345 kishi (0,66 %) Jami — 51 894 kishi (100,00 %)

Iqlimi Tuman iqlimi keskin kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –10 — 15°SQazaq Ensiklopediyasi. Qish oylarining ayrim kunlarida –37°S gacha pasayadi. Iyul oyining oʻrtacha harorati 22 — 24 °C; janubi-gʻarbdagi tekisliklarda ayrim kunlari 38 — 40 °C gacha yuqori boʻladi. Yogʻingarchilikning gʻrtacha yillik miqdori tumanning gʻarbiy hududida 150 — 200 mm.dan sharqiy, shimoli-sharqida 650 — 800 mm.gacha.

Katta qishloqalri Sarioʻzak Qoʻgʻali Shanxanay Qarashoʻqi Qiziljar Basshi Joʻlaman Qaragʻash Qoʻyankoʻz

Manbalar

Havolalar Obщaya informatsiya o rayone na sayte Akima Almatinskoy oblasti

Turkum:Almati viloyati Turkum:Qozogʻiston tumanlari