Qushlar bozori - dengiz qushlarining koloniya boʻlib uya qurgan va yashaydigan makonlari. Qushlar bozorini, asosan, baliqchilar, chistiklar, qay-ralar, olushalar, qoravoylar, baʼ-zan pingvinlar va boshqa dengiz qirgʻo-gʻidagi tik qoyalarda hosil qilishadi. Qushlar bozori Yevropa, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy Afrika, Yangi Zelan-diya va Janubiy yarim shardagi okeanlar, orollarda koʻproq uchraydi. Baʼzan Qushlar bozori bir necha oʻn km ni egallaydi va unda yuz minglab qushlar boʻladi. Qushlar bozoridagi qushlar tuxum va bolalarini yirtqichlardan birga himoya qiladi. Qushlar bozori dengiz biologik balansini saqlashda katta ahamiyatga ega. Qushlar bozoridan qush tuxumi (ayniqsa, qayraniki) yigʻib olinadi, qushlar esa ovlanadi. Peru va Chilida guano (qush axlati)dan oʻgʻit sifatida foydalaniladi. Koʻp mamlakatlarda Qushlar bozori muhofazaga olingan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Qushlar bozori · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.