Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari. Ular bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun taqdirlanishlari mumkin. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi uchun xizmat koʻrsatgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham, ayrim hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar va harbiy boʻlinmalar, Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklari ham mukofotlanishi mumkin. „Davlat mukofotlari toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi qonuniga koʻra, orden va medallar Oliy Majlis tomonidan taʼsis etiladi, orden va medallar bilan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti taqdirlaydi.

Orden, medal bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va orden, medalni topshirish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Orden, medallar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi farmonlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

Bir shaxs ayni bir orden, medal bilan, qoida tariqasida, bir marta taqdirlanadi. Orden, medallar bilan taqdirlash shaxsning vafotidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin. Fuqarolar navbatdagi mukofotga avval mukofot bilan taqdirlangan vaqtidan keyin kamida 3 yil oʻtgach taqdim etiladilar. Favqulodda hollarda avval taqdirlangan vaqtidan qatʼi nazar taqdim etilishlari mumkin. Har bir orden va medal Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan oʻz Nizom va tavsifiga ega. Orden va medallar, orden va medallarga oid tegishli hujjat tantanali vaziyatda topshiriladi. Orden va medal bilan mukofotlangan shaxslar bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar va qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. Orden, medal bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda, orden, medal, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari, mukofotlari, odatda, umumdavlat bayramlari hamda boshqa bayramlar va tantanali majlislar vaqtida taqib yuriladi. Boshqa hollarda esa nishondorlar yo orden, medallarini, yoxud ularning plankalardagi lentalarini taqib yurishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallarini, plankalardagi orden lentalari, medal lentalarini taqib yurish qoidalari hamda orden va medallar lentalarining tavsifi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 6-apreldagi 1095-son farmoniga ilovada bayon qilingan. Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallaridan shaxs ogʻir jinoyat sodir etgani uchun hukm qilinganida — sudning taqdimnomasiga binoan; shaxs oʻz shaʼnini badnom etuvchi xatti-harakatlar sodir etganida — taqdirlash toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish huquqiga ega boʻlgan organning taqdimnomasiga binoan mahrum etiladi.

Davlat mukofotlari „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni Tasvir Mukofot Joriy etilgan sanasi Taqdirlash asosi 100px Oʻzbekiston Qahramoni 1994-yil 5-may Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-maydagi Qonuni bilan taʼsis etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari Tasvir Mukofot Joriy etilgan sanasi Taqdirlash asosi100pxOʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi1996-yil 6-iyun 100px Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi 1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston iftixori1998-yil 28-avgust100pxOʻzbekiston Respublikasi xalq artisti1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi2000-yil 26-may100pxOʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi2000-yil 26-may100pxOʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi1998-yil 1-may100pxOʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi2000-yil 26-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat koʻrsatgan xodim1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan meʼmor1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan pillachi1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan transport xodimi1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi1996-yil 24-aprel100pxOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi1996-yil 24-aprel

Ordenlar Tasvir Mukofot Joriy etilgan sanasi Taqdirlash asosi 200px Oliy darajali doʻstlik ordeni 11-mart 2020Об учреждении ордена «Олий Даражали Дўстлик». 100px Mustaqillik ordeni 5-may 1994 Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-may Qonuni bilan taʼsis etilgan.. 100px Oliy darajali Imom Buxoriy ordeni 19-avgust 2022 100px Imom Buxoriy ordeni 19-avgust 2022 100px Amir Temur ordeni 26-aprel 1996 Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprel Qonuni bilan taʼsis etilgan.. 100px Jaloliddin Manguberdi ordeni 30-avgust 2000 Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 30 avg. Qonuni bilan taʼsis etilgan.. 100px Buyuk xizmatlari uchun ordeni 29-avgust 1996 Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgust Qonuni bilan taʼsis etilgan.. 100px El-yurt hurmati ordeni 28-avgust 1998 Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgust Qonuni bilan taʼsis etilgan.. 100px Fidokorona xizmatlari uchun ordeni 29-avgust 2003 Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29 avg. Qonuni bilan taʼsis etilgan.. 100px Faxriy murabbiy ordeni 10-iyun 2020-yilhttps://lex.uz/ru/docs/4850455 100px Mehnat shuhrati ordeni 30-avgust 1995 Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustdagi Qonuni bilan taʼsis etilgan.. 100px I va II darajali Sogʻlom avlod uchun ordeni 4 mart 1993 Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-may Qonuni bilan taʼsis etilgan. 100px I va II darajali Shon-sharaf ordeni 4 mart 1993 Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgust Qonuni bilan taʼsis etilganOb uchrejdenii ordena Chest i slava. Zakon RUz. 100px Doʻstlik ordeni 5-may 1994-yil Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-may Qonuni bilan taʼsis etilgan 100px I va II darajali Salomatlik ordeni 26-may 2020-yilhttps://www.norma.uz/novoe_v_zakonodatelstve/uchrejdeny_nagrudnyy_znak_orden_i_medal 100px Mardlik ordeni 11-sentabr 2012-yil Harbiy xizmatchilar va fuqarolarga, ayrim hollarda chet el fuqarolariga berilishi mumkinOb uchrejdenii ordena Mardlik. Zakon RUz.

Medallar Tasvir Mukofot Joriy etilgan sanasi Taqdirlash asosithumbMard oʻgʻlon davlat mukofoti21-Noyabr 2017 100px Jasorat medali 5-may 1994 Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-may Qonuni bilan taʼsis etilgan.. 100px Sodiq xizmatlari uchun medali 6-iyul 2007. 100px Kelajak bunyodkori medali 28-dekabr 2017. 100px Shuhrat medali 5-may 1994OʻzME.100px Sogʻlom turmush medali 26-may 2020-yil

Faxriy unvonlar

Maqtov yorligʻi .

Esdalik nishonlari

Imtiyozli mukofotlar

Bir martalik pul mukofotlari „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni har oylik maoshiga qo'shimcha yoki ish haqi miqdorida berib boriladi.https://lex.uz/docs/5319732 „Oliy Darajali Doʻstlik“ ordeni — eng kam ish haqining 200 baravari; „Mustaqillik“ ordeni — eng kam ish haqining 75 baravari; „Imom Buxoriy“ ordeni — eng kam ish haqining 70 baravari; „Amir Temur“ ordeni — eng kam ish haqining 70 baravari; „Jaloliddin Manguberdi“ ordeni — eng kam ish haqining 60 baravari; „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni — eng kam ish haqining 60 baravari; „El-yurt hurmati“ ordeni — eng kam ish haqining 50 baravari; Zulfiya nomidagi davlat mukofoti — eng kam ish haqining 50 baravari; „Mard oʻgʻlon“ davlat mukofoti — eng kam ish haqining 50 baravari; „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni — eng kam ish haqining 45 baravari; „Mehnat Shuhrati“ ordeni — eng kam ish haqining 40 baravari; „Faxriy murabbiy“ ordeni — eng kam ish haqining 40 baravari; 1-darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni — eng kam ish haqining 40 baravari; 2-darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni — eng kam ish haqining 25 baravari; 1-darajali „Shon-sharaf“ ordeni — eng kam ish haqining 40 baravari; 2-darajali „Shon-sharaf“ ordeni — eng kam ish haqining 20 baravari; „Doʻstlik“ ordeni — eng kam ish haqining 30 baravari; „Salomatlik“ ordeni — eng kam ish haqining 30 baravari; „Salomatlik“ ordeni — eng kam ish haqining 25 baravari; „Mardlik“ ordeni — eng kam ish haqining 15 baravari; „Sodiq xizmatlari uchun“ medali — eng kam ish haqining 10 baravari; „Kelajak bunyodkori“ medali — eng kam ish haqining 10 baravari; „Jasorat“ medali — eng kam ish haqining 10 baravari; „Sogʻlom turmush“ medali — eng kam ish haqining 10 baravari;https://lex.uz/ru/docs/4828862 „Shuhrat“ medali — eng kam ish haqining 5 baravari; Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi — eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida bir martalik mablagʻ toʻlanadi.

Manbalar

Turkum:Mukofotlar