Shaxobiddin Arabcha Vikipediya ( Arabcha Vikipediya yoki Vikipediya — ochiq ensiklopediya) — Vikipediyaning arab tilidagi boʻlimi. Arab Vikipediyasi lotin alifbosini foydalanmaydigan eng yirik boʻlimlarining biridir.

2012-yilning dekabr oyining boshida Arabcha Vikipediya vikipediya boʻlimlarining orasida 24-oʻrinda, teranligi boʻyicha esa 100 000 maqoladan ziyod boʻlimlarning orasida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Alexa.com-ning statistikasi boʻyicha Arabcha Vikipediya saytning mehmonlari soni boʻyicha Vikipediya boʻlimlarining orasida 11-oʻrinni egallab, xitoycha va polyakcha vikipediyadan keyingi safga joylashdi (wikipedia.org saytiga kiruvchilarning 0,74 %).

Arab Vikipediyasining turi boshqa Vikipediyalardan oʻzgachadir, sababi arab alifbosi oʻngdan chapga yozilganidan, u „doimiy“ shaklning qarama-qarshi turidir. Shuningdek Arabcha Vikipediyada fon tasviri sifatida kitob emas, arabeska foydalaniladi (tasviri).

2008-yilning 2-aprelida Vikipediyada arab tilining dialektі — misr-arab tilida Misr-arabcha Vikipediya oʻz faoliyatini boshladi. thumb|Turli tillardagi sahifalarga qarab chiqishlar miqdori: qoʻngʻir — inglizcha, koʻk — fransuzcha, yashil — arabcha va havo rang — ivritcha.

Hozirgi holati -yil - boʻyicha Arabcha Vikipediyada maqolalar mavjud. foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — . Teranligi (bugun): .

Statistik tarixi Sentabr 2001-yil — birinchi maqola. 31-dekabr 2007-yil — 50 000 maqola. 25-may 2009-yil — 100 000 maqola. 27-iyun 2011-yil — 150 000 maqola. 21-oktyabr 2012-yil — 200 000 maqola.

Manbalar

Havolalar Arabic Wikipedia Arabic Wikipedia mobile version

Turkum:Vikipediya boʻlimlari Turkum:Arab tili