Yalangʻochota — oʻtmishda oʻzbek va qozoq xalqlarida shamol homiysi. Etnograf A.Divayev keltirgan qozoqlarda shamol chaqirish marosimida ijro etiladigan qoʻshiqda shamol homiysi sifatida Yalongʻochotaga murojaat etiladi. Yalongʻochotaga eʼtiqod qilish Toshkent atroflari va Janubiy Qozogʻistonda yashovchi oʻzbeklar oʻrtasida keng tarqalgan. Uning shaxsiyati bilan bogʻliq mikrotoponimlar ham mavjud. Masalan: hozirgi Toshkent shahri shimoli-sharqidagi mavze Yalangʻoch deb ataladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Yalangʻochota · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.