Baron Loránd Eötvös de Vásárosnamény ( yoki Loránd Eötvös,; 27-iyul 1848 – 8-aprel 1919), Ingliz adabiyotida Baron Roland von Eötvös bilan mashhur,L. Bod, E. Fishbach, G. Marx, and Maria Náray-Ziegler: One hundred years of the Eötvös experiment, – Acta Physica Hungarica 69/3-4 (1991) 335–355 Vengriyalik fizik. Vengriya Fanlar Akademiyasi aʼzosi (1873) va prezidenti (1899-1905). Budapesht, Kyonsberg va Geydelberg untlarida oʻqigan. Budapesht untida ishlagan (1871-yildan) hamda 1872-yildan boshlab professor vazifasida faoliyat yuritgan. Ilmiy ishlari molekulyar fizika, favitatsiya va geofizikaga oid. Molekulyar sirtqi energiyaning traga bogʻliqligini aniqlagan (Eötvös qonuni, 1886). Buralma tarozi yasab (1888), unda gravitatsion va inert massalarning yuqori darajada anikdikda oʻzaro tengligini eksperimental koʻrsatgan va shu bilan ekvivalentlik prinsipini tasdiklagan. Harakatlanayotgan obʼyektdagi (Yerning aylanishi natijasida) jismning ogʻirligi harakatning tezligi va yoʻnalishiga bogʻliqligini aytgan (Eötvös effekti).

Adabiyotlar

Manbalar

Turkum:Kishilar Turkum:Vengriyalik fiziklar