Choruxdayron volfram koni — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatidagi kon. Xoʻjand shahridan 18 km shim. da Qoramozor togʻlarida, Qurama antiklinali sistemasidagi Moʻgʻultogʻ antiklinalining shim.sharqiy qismida joylashgan. Rudalarning mineral tarkibi — skapolit, sheyelit, apatit, molibdenit, xalkopirit, kamroq piritdan iborat. Morfologiyasi boʻyicha kondagi ruda tanalari, har xil oʻlcham va qalinlikdagi tomirli va tomirsimon jismlardan tarkib topgan. Choruxdayron volfram konik., asosan, qazib olingan boʻlib, parametrlari boʻyicha oʻrtacha konlarga mansub.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Choruxdayron volfram koni · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.