Uyur — orasida bir aygʻiri boʻlgan, erkin qochirish uchun tashkil etiladigan 10—30 biya toʻdasi. Uyurlar qochirish mavsumi boshlanishidan oldin (aprel oyi boshlarida) shakllantiriladi va Uels tabiati manzarasi. yaylovda boqila boshlanadi, aygʻirlar tanlanadi. Uyurlar yaylovda biri ikkinchisidan maʼlum masofada alohida-alohida saqlanadi. Aygʻirlar oʻz uyurlarini qoʻriqlaydi, soqchilik vazifasini oʻtaydi va ularga yetakchilik qiladi, boshqa aygʻirlarni yaqinlashtirmaydi. Kochirish mavsumi tugagach, aygʻirlar Uyurdan ajratib olinadi. 2—3 Uyur biriktirilib, yiriklashtiriladi (qarang Yilqichilik).
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Uyur · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.