Uchar itlar, tungi qanotdorlar (Rousettus) — qanotdor koʻrshapalaklar urugʻi. Gavdasining uzunligi oʻrtacha 13 sm, dumi 1,4 sm. Hozircha aniqlangan 13 turi bor. Afrika, Janubiy Osiyo, Malayziya va Tinch okeanidagi keng tarqalgan. Gʻorlar ichida yashaydi. Qorongʻi gʻorlarda exolokatsiya yordamida moʻljal oladi. Baʼzan barcha qanotdor koʻrshapalaklar „uchar itlar“ deb ataladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Uchar itlar · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.