Tugʻma tabiiy metallar - rudali va sochma konlarda uchraydigan tabiiy yaxlit tugma metallar (oltin, kumush, platina va boshqalar); odatda, ularning oʻlchami bu metall zarralarining aksari qismini tashkil qilgan massasini oʻlchamidan keskin farq qiladi. Tugʻma tabiiy metallarm. kam uchraydi va massasi, odatda, 1 g dan ortiq boʻladi. Eng yirik tugma oltin Avstraliyada topilgan: "Xolterman plitasi" — uning ogʻirligi kvars bilan birga 285 kg boʻlib, unda sof oltin massasi 83,3 kg va "Kutilgan notanish" — ogʻirligi kvars bilan birga 70,9 kg, sof oltin — 69,6 kg. Yirik sof tugʻma platina Uraldagi dunitlarda (0,427 kg) va sochmalarda (9,639 kg) topilgan. Sochmalarda Tugʻma tabiiy metallarm.ning koʻp qismi ruda hosil boʻlish jarayenida gidrotermal eritmalarda hosil boʻlgan deb hisoblanadi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Tugʻma tabiiy metallar · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.