Tojikit — nodir yer elementlari va bor guruhiga mansub mineral. Ilk bor Oʻrta Osiyoda Zarafshon daryosining havzasida topilgan. Kimyoviy tarkibi Sa, TR2, Ti, B4, Si4O20. Jigarrang, shishadek yaltiraydi. Qattiqligi 5,5—6, zichligi 3,8 g/sm3. Qorateginning sharqidagi albitlashgan pegmatitlarda evdialit va tyanshanit bilan assotsiatsiyada uchraydi. Nodir yer elementlari va borning boshqa minerallarini qidirib topishda darakchi hisoblanadi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Tojikit · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.