Tlaskala – Meksikalat shtat. Maydoni 3,9 ming km². Aholisi 962,6 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi – Tlaskala sh. Meksika togʻligining janubida joylashgan. Relyefi bal. 2000—4000 mli vulkanik platodan iborat. Shtatning janubi-sharqida Malinche soʻngan vulkani (4461 m) bor. Iqlimi togʻ tropik, qurgʻoqchil iklim, yillik yogʻin 600 mm chamasida. Oʻrtacha va oylik tralar 10—12° dan 16—18° gacha. Kserofit oʻsimliklar oʻsadi. T. iqtisodiy jihatdan nisbatan qoloq shtatlardan. Qishloq xoʻjaligida makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, sabzavotlar ekiladi, echki va qoʻy boqiladi. Transport yoʻli orqali Mexiko va Puebla sh.lari bilan bogʻlangan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Tlaskala · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.