Tefiya — Saturn sayyorasining yoʻldoshlaridan biri. Yulduz kattaligi 10,6, diametri 1050 km, sayyoradan oʻrtacha uzokligi 295000 km. T. Saturn atrofini taxminan 2 sutkada aylanib chiqadi. T.ni 1684-yilda fransuz astronomi J.Kassini ochgan. Odissey krateri (kengligi 400 km) va 3 ming km ga choʻzilib ketgan Itaka kanoni bilan mashhur. T. Quyosh sistemasidagi oʻz yoʻldoshlari (oʻlchamlari 20 km dan boʻlgan Telesto va Kalipso)ga ega boʻlgan yoʻldoshdir. T. 1981-yil "Voyajer1", 1982-yilda "Voyajer2" kosmik apparatlari yordamida oʻrganilgan. T., asosan, muz xrlatidagi suvdan tashkil topgan. T. baʼzan Fetida, Tefis, Tetis deb ham ataladi (ya na q. Sayyoralar yoʻldoshlari).
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Tefiya · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.