Tekeli () — Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar. Qoratol daryosi boʻyida. Jungʻariya Olatovi etaklarida, dengiz sathidan 950–1600 m balandlikda joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 30,3 ming kishi (2013).

Tarixi 1911-yil tashkil topib, 1927-yil kent darajasiga koʻtarildi. 1933-yili injener-geologlar M. Yudichev va M. Qadilbekovning ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasida Tekeli daryosining oʻng qirgʻogʻidan qoʻrgʻoshin, rux, kumush, kadmiy, germaniy konlari topildi. 1937-yil Tekeli qoʻrgʻoshin-rux boshqarmasining qurulishi boshlanib, 1942-yil qoʻrgʻoshin-rux kombinati qurildi. 1939-yil shifoxona barpo etildi, 1941-yil birinchi oʻrta maktab qad rostladi.

Sanoati Shaharda Qoʻrgʻoshin-rux kombinati, gʻisht zavodi, trikotaj va tikuvchilik fabrikasi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Iqlimi Tekelining iqlimi kontinental, qishi sovuq, yozi iliq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati −11-13 °C, iyulniki — 20-22 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 650–1900 mm. Shaharning atrofida, Qoʻra daryosining yonida balandligi 90 metrni tashkil qiluvchi Burxonbuloq nomli sharshara mavjudQozoq ensiklopediyasi, 8-tom.

Galeriya

Manbalar

Adabiyotlar „Jetіsu ensiklopediyasi“. „Aris“ nashriyoti. Almati. 2004

Havolalar Официальный сайт акима города Узкоколейная железная дорога в Текели

Turkum:Qozogʻiston shaharlari