Taxtiravon (taxt va fors, ravon — yuruvchi) — qad. va oʻrta asr Sharq mamlakatlarida 2 uzun yogʻochga oʻrnatilib koʻtarib yuriladigan oʻrindiq. 2 uchidan 2 kishi kutarib yurgan. T.da podsho, xon, amir, lashkarboshi, turli amaldorlar, shuningdek, malikalar, badavlat xonadonlarga mansub ayollar koʻtarib yurilgan. T. keyinchalik Sharqdan Gʻarb mamlakatlariga, xususan, Yunonistonga (mil. av. IV asr), Rimga (mil. av. I asr) oʻtgan. Dastlab T.dan ayollar va bemorlar foydalanishgan. Rim imperiyasida dabdababozlik belgisi hisoblangan (serhasham bezatilgan, koʻtarib yuruvchining tashqi qiyofasi, kiyimi bir xil boʻlishiga eʼtibor berilgan).
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Taxtiravon · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.