Suvaysh — Misrdagi shahar, Suvaysh muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 417,6 ming kishi (1990-yillar oxiri). Suvaysh kanalidan Qizil dengizga chiqish joyidagi port. Xalqaro ahamiyatga ega savdo-tranzit markazi. Neft kimyosi va neftni qayta ishlash, sement, oziq-ovqat sanoatlari, kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari bor. Hozirgi Suvaysh yaqinida mil. av. II asrda Nil daryosini Qizil dengiz bilan bogʻlovchi kema qatnaydigan kanal kurilgan. Qadimda Suvaysh (yun. Klizma) savdo markazi sifatida mashhur boʻlgan. Suvayshning rivojlanishi 1869-yildan Suvaysh kanali qurilishi bilan jadallashdi.
Turkum:Misr shaharlari Turkum:Suvaysh kanali Turkum:Misrning qirgʻoqboʻyi aholi punktlari Turkum:Transkontinental shaharlar Turkum:Misrning metropolitan hududlari Turkum:Suvaysh muhofazasi