Theodor Svedberg () (1884.30.8, Valbo — 1971.26.2) — shved fizik kimyogari. Shved Kirollik Fanlar akademiyasi aʼzosi (1934). Upsala universitetini tugatgan (1907). 1921-yildan professor Upsaldagi Yadro kimyosi instituti direktori (1949-yildan). Asosiy ilmiy tadqiqotlari kolloid kimyo, molekulalarning oʻlchamlari va shakllarini aniqlash hamda elektroforezga oid. S. molekulalarning mavjudligini va zamonaviy molekulyarkinetik tasavvurlarni asoslab bergan (1907). Eritmalardan kollond zarrachalarni ajratib olishning ultratsentrifugalash usulini kashf etgan (1919) va yuqori dispers zollarni tekshirish uchun ultratsentrifugalar yasagan (1923). Nobel mukofoti laureati (1926)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilNobel mukofoti sovrindorlari. Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:26-fevralda vafot etganlar Turkum:30-avgustda tugʻilganlar Turkum:1884-yilda tugʻilganlar Turkum:1971-yilda vafot etganlar