Sanobar (Pinus pinea), Italiya qaragʻayi — qaragʻaygullilar oilasiga mansub chiroyli doim yashil daraxt. Vatani — Shimoliy Amerika va Meksika. Ochiq urugʻlilarga kiradi. Tanasi toʻgʻri, boʻyi 15–25 m, diametri 1 m cha. Shoxshabbasi yoshligida konussimon, kariganda yassi soyabonsimon. Igna barglari toʻqyashil, uz. 10—15 sm, eni 15–20 mm, 1 juftdan toʻp boʻlib, asosan, choʻziq novdalar uchida joylashadi. Urugʻi (yongʻoqchasi) yirik, qoramtir, uz. 1—2 sm. Qora dengiz sohillarida yongʻoqmevali oʻsimlik va manzarali daraxt sifatida oʻstiriladi. Urugʻidan koʻpayadi. Yogʻochi smolali, pishiq. Urugʻi (kedr yongʻoqlariga qaraganda gʻoyat mazali, pinioli deb ataladi) yogʻ (50%) va oqsillarga boy boʻlib, toʻgʻridantoʻgʻri va qovurib isteʼmol qilinadi. Urugʻidan ovqatga ishlatiladigan mazali yogʻ olinadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Manzarali daraxtlar Turkum:Yevropa bog‘ o‘simliklari Turkum:Osiyo bog‘ o‘simliklari Turkum:Mevali daraxtlar