Salohuddin al-Ayyubiy (), Salohiddin, Yusuf ibn Ayyub (1138 — 1193-yil 4-mart, Damashq) — Misr hukmdori (1171-yildan), Ayyubiylar sulolasi asoschisi. Kurd qavmidan. Suriya sultoni Nuriddinning salibchilar bilan muvaffaqiyatli kurashgan lashkarboshilaridan biri Ayyub ibn Shodining oʻgʻli. 1164—1169-yillarda Misrga qilingan harbiy yurishlarda qatnashgan. 1169-yil Misr vaziri etib, 1171-yilda Fotimiylar sulolasining soʻnggi xalifasi vafotidan soʻng esa Misrdagi hokimiyatni egallab olib, Abbosiylar homiyligini tan olgan va ulardan sulton unvonini olgan (1174). Nuriddin vafotidan keyin 1174—1186-yillarda uning Suriyadagi yer-mulklarini va Iroqdagi ayrim mayda hokimlarga tegishli yerlarni tobe ettirgan. 1187-yil 3—5-iyulda Salohuddin al-Ayyubiy qoʻshini salibchilarni Xittin yaqinida (Falastin) tormor qilgan, 1187-yil 2-oktyabrda Quddusni egallagan, soʻngra salibchilarni Suriya va Falastinning katta qismidan quvib chiqargan. Salohuddinning ichki siyosati harbiy len tizimini (qarang: Iqto) rivojlanganligi, soliqlarni birmuncha kamaytirilishi, sunna mazhabi taʼlimotining mustahkamlanishi bilan avvalgi hukmdorlardan farqlanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Kishilar Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:Davlat yetakchilari Turkum:Misr tarixi Turkum:1139-yilda tugʻilganlar Turkum:1193-yilda vafot etganlar Turkum:Ayyubiy sultonlar