Grigoriy Mixaylovich Rudakov (1925.25.9, Qarshi — 1991.21.1, Toshkent) — muhandis-mexanik, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1975), VASXNIL akademik (1972), professor (1970). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan mexanizator (1964). Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan (1950). Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya rahbari, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1953—1972 va 1975-yildan); VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi akademik kotibi (1972—1975). Ilmiy ishlari yangi qishloq xoʻjaligi mashinalarini yaratish va joriy qilish, tuproqni ishlash texnologiyasi, oʻgʻit va gerbitsidlarni qoʻllash, paxtachilikda mashinalar sistemasini ishlab chiqish va prognozlash masalalariga bagʻishlangan.
Manbalar
Adabiyotlar Mexanizatsiya xlopkovodstva, M., 1975; Zonalnaya sistema mashin dlya kompleksnoy mexanizatsii rasteniyevodstva v Sredneaziatskom regione, kn. 1—2, T., 1982.
Havolalar Nekrolog
Turkum:Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Oʻzbekiston paxtakorlari Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar