Risorjimento ( — „uygʻonish“) — italyan xalqining chet el hukmronligiga qarshi hamda parchalangan Italiyani birlashtirishga qaratilgan milliy ozodlik harakati. Shuningdek, „Risorjimento“ atamasi ushbu harakat sodir boʻlgan tarixiy davrni ham anglatadi. Harakat XVIII asr oxirida boshlanib, 1861-yilda Italiya qirolligining tashkil topishi bilan asosiy bosqichini yakunlagan. 1870-yilda Rimning Italiya qirolligi tarkibiga qoʻshib olinishi bilan Italiyani birlashtirish jarayoni toʻliq yakunlangan.

Risorjimentoning eng muhim voqealari 1848–1849 va 1859–1860-yillardagi inqiloblar boʻlgan. Harakatga rahbarlik qilish masalasida respublikachi demokratlar va liberallar oʻrtasida kurash kechgan. Demokratik oqimning asosiy yetakchilari Juzeppe Madzini, Juzeppe Garibaldi va boshqalar, liberal oqimning yetakchisi esa Kamillo Kavur boʻlgan.

Oxir-oqibat, Liberallar ustun kelishi natijasida Italiya konstitutsiyaviy monarxiya shaklida birlashtirilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil..

Manbalar