Sergey Nikolayevich Rijov (1903-yil 8-oktyabr, Malinovka, Aleksinskiy uezdi, Tula gubernyasi, Rossiya imperiyasi – 1981-yil 21-yanvar, Toshkent, OʻzSSR) – tuproqshunos olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), professor (1948). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944). Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasini tugatgan (1931). SoyuzNIXIda laboratoriya mudiri (1934—1949), direktor (1954—1957); ayni vaqtda Oʻrta Osiyo universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori va agronomiya kafedrasi mudiri (1942—1955). Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi vitse- prezidenti (1957—1961). VASXNILning Dokuchayev nomidagi Tuproqshunoslik instituti direktori (1962—1963). 1966-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti. Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo sharoitida gʻoʻzani sugʻorish, tuproq xossalarini oʻrganish masalalariga bagʻishlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Tarjimai holi Sergey Rijov 1903-yil 8-oktyabrda Malinovkada tugʻilgan. 1923-yilda Bogoroditskiy amaliy qishloq xoʻjaligi institutini, 1931-yilda bir vaqtning oʻzida 2 ta oʻquv yurtini – Tula agrokimyo va tuproqshunoslik institutini va Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasini tamomlagan. Bir nechta diplomlarning mavjudligi tufayli Sergey Nikolayevich SSSRda agrotuproqshunoslik va sugʻoriladigan dehqonchilik sohasida taniqli olimga aylandi. 1931—1934-yillarda Butunrossiya agrokimyo va tuproqshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan.
1934-yilda oʻz hayotini Oʻrta Osiyo bilan bogʻlab, Toshkentga koʻchib oʻtadi va umrining keyingi uzoq, samarali yillarini shu yerda oʻtkazdi. 1934—1949-yillarda Butunittifoq paxtachilik instituti markaziy oʻgʻitlar va agrotuproqshunoslik stansiyasida tuproq fizikasi laboratoriyasiga, 1949—1955-yillarda Oʻrta Osiyo universitetining agronomiya kafedrasiga mudirlik qilgan. 1950-yildan prorektor lavozimida ishlagan. 1957—1961-yillarda Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 1962—1963-yillarda V. V. Dokuchayev nomidagi Tuproqshunoslik instituti direktori lavozimida ishlagan.
Sergey Rijov 1981-yil 25-yanvarda Toshkentda vafot etdi. U Moskvadagi Vostryakovskiy qabristoniga dafn etilgan.
Ilmiy ishlari Asosiy ilmiy ishlar paxta yetishtiriladigan zona va gʻoʻza sugʻorish zonasidagi tuproqlarning fizik xossalariga bagʻishlangan. Sergey Nikolayevich 200 ta ilmiy maqola muallifi boʻlib, ulardan salgina 190 dan ortigʻi nashr etilgan. Paxta hosildorligi va sugʻoriladigan yerlarning unumdorligini oshirish boʻyicha qator agrotexnik tadbirlar ishlab chiqqan. Ilmiy asarlari Fargʻona vodiysida gʻoʻzani sugʻorish. – Toshkent: Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi, 1948. – 244 b. Tuproqlarning fizik xossalarini aniqlash usullari. – Toshkent: SAGU, 1951. – 47 b. Oʻsimlik qoplamining oʻzgarishi va boʻz tuproqlar va qoʻriq yerlarda xossalarining oʻzgarishi. – Toshkent: SAGU, 1959. – 32 b.
Olim haqida yozilgan asarlar Niyazova R. I. Rijov Sergey Nikolaevich. – Toshkent : Fan, 1973. – 23 bet.
Oilasi Oʻgʻli Oleg Sergeyevich (1932 y. t.) – fizika-matematika fanlari doktori (1965), professor.
Mukofotlari va faxriy unvonlari 1944-yil – Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi; 1966-yil – Lenin ordeni; 1973-yil – Oktyabr Inqilobi ordeni; Ikki karra Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohibi; Ikki karra „Hurmat Belgisi“ ordeni sohibi; Bir necha bor SSSR medallari bilan taqdirlangan.
Adabiyotlar Biologi. Biograficheskiy spravochnik.— Kiev: Nauk. dumka, 1984. – 816 s.: il.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademiklari