Poliolefinlar — olefin katori (etilen, propilen, butilenlar va boshqalar)dagi toʻyinmagan uglevodorodlarning polimerlanishidan hosil boʻladigan sintetik polimerlar. P.ning fizik-mexanik va kimyoviy xossalari ularning tabiatiga va olinish usuliga bogʻliq. P. ishlab chiqarilish koʻlami va turli sanoat tarmoqlarida qoʻllanishi jihatidan sintetik polimerlar ichida birinchi oʻrinda turadi (yana qarang: Polietilen, Polipropilen, Poliizobutilen)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar