thumb|Piyola Piyola — uy-roʻzgʻor buyumi; tubidan yuqoriga tomon kengayib boradigan taglikli idish. Xosyadan kichik hajmda boʻladi, asosan choy ichiladi. Piyolaning katta (nimkosa), oʻrtacha va kichik xillari bor. Piyola chinni, sopol va boshqa xom ashyolardan tayyorlanadi, nafis jozibador naqshlar bilan (metall Piyola kandakori usulida) bezatiladi, hallanadi. Avvallari qaymoq, asal, mu-rabbo solishda katta piyoladan foydalanilgan, xozir kichik piyola ishlatiladi. Arxeologik topilmalar piyolaning qadimdan tayyorlanganligini koʻrsatadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar