thumb|right|220px|Pepsin;
Pepsin (qadimgi yunoncha: πέψις – hazm qilish), oshqozon shilliq qatlami hujayralari tomonidan ishlab chiqariladigan ferment. Oziq ovqat oqsillarini peptidlarga parchalanishini amalga oshiradi. Insonlar, sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va ko’pchilik baliqlar oshqozonida mavjud.
1836-yilda Theodor Schwan tomonidan ochilgan. 1930-yilda Jon Northrop uni kristall shaklda olishga muvaffaq boʻldi.
Qoʻllanilishi Pepsinlar sut emizuvchilar, jumladan, odamlar hazm qilish jarayonida muhim o’rinni egallaydigan, oziq-ovqat oqsillarini aminokislotalarga aylantiradigan ferment hisoblanadi. Pepsin faqat oshqozonning kislotali muhitida faollashadi va u o'n ikki barmoqli ichakning ishqoriy muhitiga kirganda faolligini yo’qotadi.
Labaratoriyada da oqsilning birlamchi tuzilishini oʻrganish, sir tayyorlashda ishlatiladi. Tibbiyotda meʼda shirasining ajralishi susayib, ovqat hazm qilish yoʻllarining faoliyati buzilganda qoʻllanadi. Manbalar
Havolalar The MEROPS online database for peptidases and their inhibitors: Pepsin A A01.001 , Pepsin B A01.002 , Pepsin C (Gastricsin) A01.003 Beemans Gum Pepsin: Molecule of the Month , by David Goodsell, RCSB Protein Data Bank