Oqqovoq geslari – Oʻzbekistonda qurilgan dastlabki gidroelektr stansiyalari. Toshkent viloyatidagi Chirchiq-Boʻzsuv kanalida qurilgan. 1-GES 1941-yil noyabrda kurila boshlab, 10,7 ming kVt quvvatga ega boʻlgan 1-navbati 1943-yil 7-martda ishga tushirilgan. 2,61 ming kVt quvvatli 2-navbati 1946-yil iyulda qurila boshlanib, 1951-yil iyulda tugallangan. GESda yiliga oʻrta hisobda 170 mln. kVt-s elektr energiya-si hosil qilinadi. „Oʻzbekenergiya“ davlataksiyadorlik kompaniyasining „Chirchiq GESlar kaskadi“ shoʻba korxonasi tarkibida. 2-GES 4km quyiroqda, 1943—1946 yillarda qurilgan. GES tuproq-toʻgʻon, uz. 2833 m boʻlgan ochiq derivatsiya kanali, bosim havzasi, stansiya binosi va ochiq elektr taqsimlash qurilmasvdan iborat. Stansiya binosida umumiy quvvati 9 ming kVtli 2 ta agregat oʻrnatilgan. GESda yiliga oʻrtacha 65 mln. kVt-s elektr energiyasi hosil qilinadi, „Qodiriya GESlar kaskadi“ shoʻba korxonasi tarkibiga kiradi.

Elektr stansiyalar Toshkent viloyatining yirik sanoat korxonalarini va aholini elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti